Yangiliklar va Qabul e'lonlari

Qabul jarayonlari, muhim muddatlar va imtihon natijalarini shu sahifada kuzatib boring.

News Image
05.08.2026
Yangilik

🎓 JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI QO'SHMA TA'LIM DASTURLARI 📢 2026–2027 o'quv yili uchun QABUL DAVOM ETMOQDA!

Xalqaro darajadagi ta'lim olish, zamonaviy kasb egasi bo'lish va xorijiy tajribani qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
🌍 Hamkor universitetlar
🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti (Xitoy)
Ta'lim yo'nalishlari:
🔹 Mexanika muhandisligi
🔹 Transport vositalari muhandisligi
🔹 Energetika muhandisligi
🔹 Yengil sanoat muhandisligi
🇺🇿 Turin Politexnika Universiteti (Toshkent shahri)
Ta'lim yo'nalishi:
🔹 Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari
⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali
Ta'lim yo'nalishi:
🔹 Energetika muhandisligi
⭐️ Qo'shma ta'lim dasturining afzalliklari
✅ 2+2 ta'lim tizimi (hamkor universitetlar uchun)
✅ Xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olish
✅ Yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash
✅ Work & Travel va xalqaro ta'lim dasturlarida ishtirok etish
✅ Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg'ulotlar
✅ Xalqaro tajriba va raqobatbardosh bilim
✅ Xalqaro darajadagi bakalavr diplomiga ega bo'lish imkoniyati
📚 Ta'lim tili
🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti — Ingliz tili
⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali — Rus tili
📝 Qabul UzBMBA imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi.
📄 Kerakli hujjatlar:
• Pasport
• Attestat (yoki diplom)
💡 Eslatma:
B1 va undan yuqori darajadagi xalqaro yoki milliy til sertifikatiga ega abituriyentlar 2-bosqich imtihonidan ozod etiladi.
📲 Ro'yxatdan o'tish:
https://szut.uz/apply.html
📞 Batafsil ma'lumot:
+998 97 181 02 07
+998 99 557 27 14
+998 97 430 93 53

09.06.2026
E'lon

QABUL–2026: XITOYDA O‘QISH VA DOUBLE DEGREE (IKKITA DIPLOM) IMKONIYATI!

Jizzax politexnika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Suzhou texnologiyalar universiteti (SZUT) o‘rtasidagi xalqaro shartnomaga asosan, 2026-2027 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!

Kelajakning eng talabgir muhandislik sohalarida xalqaro mutaxassis bo‘lish hamda O‘zbekiston va Xitoyning diplomlariga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

⚙️ Ta’lim yo‘nalishlari va kvotalar:
Mexanika muhandisligi – 25 nafar

Energetika muhandisligi – 25 nafar

Yengil sanoat muhandisligi – 25 nafar

Transport vostilalari muhandisligi (shuningdek, New Energy Vehicle Engineering – Zamonaviy elektromobillar muhandisligi yo‘nalishlari) – 25 nafar

🌐 Dasturning asosiy afzalliklari:
🎓 Double Degree: O‘qishni tamomlagach, JizPI va Xitoyning Suzhou universiteti diplomlariga ega bo‘lasiz.

🇨🇳 Xitoyda ta’lim: O‘quv rejasiga muvofiq, talabalar tahsilning muayyan qismini Xitoyda joylashgan zamonaviy o‘quv kampuslarida va innovatsion laboratoriyalarda davom ettirishadi.

🗣 Til o‘rganish: Xitoy va ingliz tillarini mukammal o‘zlashtirish, xalqaro tillarda erkin muloqot qilish muhiti.

💼 Karyera imkoniyatlari: O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik Xitoy kompaniyalari, elektromobil zavodlari va ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maoshli ish o‘rinlari.

📝 Hujjatlarni topshirish va batafsil ma’lumot:
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish hamda dastur talablari bilan batafsil tanishish uchun qo‘shma dasturning rasmiy portaliga tashrif buyuring:

🌐 Rasmiy veb-sayt: szut.uz

📞 Call-center (JizPI): +998 97 181 02 07
📍 Manzil: Jizzax shahri, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 4-uy. (JizPI 2-o'quv binosi)

Kelajak muhandisligini biz bilan birga bunyod eting! Joylar soni cheklangan!